Bir kunda uylangan uch egizak bir paytda ota bo‘lishdi

Bir kunda uylangan uch egizak bir paytda ota bo‘lishdi
Foto: «Pulse»
Nigeriyaning Ngvo shahrida bir kunda uylangan uchta egizak aka-uka bir vaqtning o‘zida ota bo‘lishdi. Bu haqda «Pulse» nashri xabar bermoqda.
Bir kunda uylangan uch egizak bir paytda ota bo‘lishdi
Chinedu, Chukvuebuka va Kenechukvu Oniya 2020 yil 6 iyun kuni to‘y qilishdi. Boshida ularning kelinchaklari ham uch egizak opa-singil ekanligi haqida mish-mish tarqaldi, ammo bunday bo‘lib chiqmadi. 10 oydan keyin uchalasi ham farzandli bo‘lishdi.
Bir kunda uylangan uch egizak bir paytda ota bo‘lishdi
«Bolaligimizdayoq hammasi shunday bo‘lishini orzu qilganmiz. Onamiz ham bizning bir vaqtda uylanishimizni niyat qilardi. Uchalamizning bir kunda kuyov bo‘lishimizni tasavvur qilishni juda yaxshi ko‘rardi. Buning uchun har kuni tinmay ibodat qilardi. Chunki uchalasini bir vaqtning o‘zida uylantirish oson emasligini bilardi. Afsuski, u 2013 yilda hayotdan ko‘z yumdi va buni ko‘rish nasib qilmadi», — deydi Chinedu Oniya.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.