Rossiya migrantlar uchun shaxsini tasdiqlovchi yangi hujjat joriy etmoqda

Rossiya migrantlar uchun shaxsini tasdiqlovchi yangi hujjat joriy etmoqda
Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vazirligi Rossiya hududida uzoq muddat yurgan migrantlar uchun yangi turdagi elektron hujjat joriy etmoqda. Bu haqda «Vesti» xabar bermoqda.

Ushbu hujjatni olish majburiy bo‘lib, muddati 10 yilgacha. Muddati tugagach yangisiga almashtiriladi, deyiladi xabarda.

TASS xabariga ko‘ra, yangi hujjatda uning egasiga taalluqli yashirin ma’lumot bo‘ladi. Bular qaysi turdagi ma’lumotlar, yangi hujjat qachondan boshlab berilishi boshlanadi — hozircha aniq aytilmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.