Tramp ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarining bloklanishini «sharmandalik» deb atadi

Tramp ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarining bloklanishini «sharmandalik» deb atadi
Foto: Alex Brandon / AP
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp o‘zining Facebook, Twitter va Google kompaniyalari ijtimoiy tarmoqlaridagi akkauntlari bloklanishini keskin tanqid qildi.

Uning fikricha, bunday cheklovlar Qo‘shma Shtatlar uchun «mutlaq sharmandalik » va «isnod»dir.

Oq uyning sobiq rahbari ushbu «korrupsiyalashgan» ijtimoiy tarmoqlar «siyosiy badal to‘lashi kerak» deb hisoblamoqda.
Avvalroq Tramp o‘z obunachilari bilan muloqot qilish uchun yangi platformani taqdim etgandi.

Platforma «Donald J. Trump for President» deb nomlanadi. Tramp unda xabarlar yozishi hamda foto va video joylashtirishi mumkin.

Trampning Twitter, Facebook, YouTube, Instagram, Twitch, Snapchat tarmoqlaridagi akkauntlari yanvarda, uning tarafdorlari Kapitoliyga hujum qilganidan so‘ng bloklangandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.