O‘zbekistonlik alpinist 1 iyun kuni Everest cho‘qqisiga ko‘tarildi

O‘zbekistonlik alpinist 1 iyun kuni Everest cho‘qqisiga ko‘tarildi
Foto: Telegram / Call of wild
O‘zbekistonlik alpinist Sergey Denisenko (suratda chapda) 1 iyun kuni Everest cho‘qqisi (H-8848)ga ko‘tarildi. Bu haqda Call of wild Telegram-kanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Everest (Jomolungma) cho‘qqisiga ko‘tarilish Nikita Balabanov boshchiligidagi «Kuluar» ekspeditsiyasi tomonidan amalga oshirilgan.

«Jomolungma cho‘qqisiga ko‘tarilganlar munosib ravishda jasur va qahramon hisoblanadi. Ayni paytda tarkibida Sergey ham bo‘lgan guruh tayanch bazaga tushmoqda», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Everest balandligi birinchi marta 1847 yilda Endryu Vo boshchiligidagi hindistonlik ekspeditsiya tomonidan o‘lchanib, 8 840 metrga baholangan. 1954 yilda esa Hindiston Geologik xizmati tomonidan qayta o‘lchanib, 8848 metrni tashkil etishi aniqlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.