Pashinyan Armaniston bosh vaziri etib tayinlandi

Pashinyan Armaniston bosh vaziri etib tayinlandi
Foto: ria.ru
Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Nikol Pashinyanni mamlakat bosh vaziri etib tayinladi. Bu haqdagi tegishli hujjat davlat rahbarining rasmiy saytida e’lon qilindi.

Pashinyanning nomzodi parlamentda ko‘pchilikni tashkil etuvchi «Grajdanskiy dogovor» partiyasi tomonidan ilgari surilgandi.

Armaniston konstitutsiyasiga muvofiq, milliy majlis vakolatlarining yangi muddati boshlanganida prezident parlamentdagi ko‘pchilik taklif etgan nomzodni bosh vazir etib tayinlaydi.

20 iyun kuni «Grajdanskiy dogovor» partiyasi parlamentga muddatidan avval bo‘lib o‘tgan saylovda g‘alaba qozongandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.