Hamid Karzay muzokaralar o‘tkazish uchun toliblarga taslim bo‘lmagan Panjsherga keldi

Hamid Karzay muzokaralar o‘tkazish uchun toliblarga taslim bo‘lmagan Panjsherga keldi
Milliy yarashuv oliy kengashi rahbari Abdulla Abdulla va Afg‘oniston sobiq prezidenti (2004-2014 y.) Hamid Karzay muzokaralar o‘tkazish uchun toliblarga taslim bo‘lmagan Panjsher viloyatiga keldi.

\"Biz Panjsher viloyati ulamolari, oqsoqollari va komandirlari bilan suhbatlashdik\", - deb yozdi Abdulla.
Hamid Karzay muzokaralar o‘tkazish uchun toliblarga taslim bo‘lmagan Panjsherga keldi
Muzokaralar tafsiloti ma’lum qilinmagan. Panjsherga borishdan oldin ular \"Tolibon\" rahbariyati vakillari bilan uchrashgan.

Avvalroq toliblarga qarshi koalitsiya sobiq rahbari Ahmadshoh Mas’udning o‘g‘li Ahmad Mas’ud Panjsherni toliblardan himoya qilish uchun qurolli otryad to‘plaganini aytgandi.
Hamid Karzay muzokaralar o‘tkazish uchun toliblarga taslim bo‘lmagan Panjsherga keldi
Ashraf G‘ani mamlakatni tark etganidan so‘ng o‘zini prezident deb e’lon qilgan sobiq birinchi vitse-prezident Amrulla Solih ham Mas’udga qo‘shilgani xabar qilinmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.