Gretsiya Turkiya bilan chegarada uzunligi 40 kilometrli devor qurilishini yakuniga yetkazdi

Gretsiya Turkiya bilan chegarada uzunligi 40 kilometrli devor qurilishini yakuniga yetkazdi
Foto: Reuters
Gretsiya afg‘onistonlik qochqinlarning Yevropaga o‘tishga urinishining oldini olish maqsadida Turkiya bilan chegarada uzunligi 40 kilometrli devor qurilishini yakuniga yetkazdi. Bu haqda Ekathimerini nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Gretsiya chegara qo‘shinlari yuqori darajadagi shaylik holatiga keltirilgan.

Afg‘onistondagi inqiroz “migrantlar oqimi uchun imkoniyat yaratdi”, dedi fuqaro mudofaasi vaziri Mixalis Xrisoxoidis.

Xrisoxoidisning so‘zlariga ko‘ra, devorga yuqori texnologiyali avtomatlashgan elektron monitoring tizimi o‘rnatilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.