Qozog‘iston va Belarus KXSHT davlatlari uchun qurol ishlab chiqaradi

Qozog‘iston va Belarus KXSHT davlatlari uchun qurol ishlab chiqaradi
Foto: Aram Nersesyan/RIA «Novosti»
Qozog‘iston va Belarus KXSHT davlatlari uchun qurol ishlab chiqaradi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, alyans Afg‘onistondagi vaziyat ortida chegaralar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini oshirmoqchi. Bu maqsadda Belarus va Qozog‘istonning mudofaa-sanoat majmuasidan foydalaniladi.

Avvalroq Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon KXSHTga a’zo davlatlar tashkilotning janubiy chegaralarini birgalikda mustahkamlashga kelishib olishganini ma’lum qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.