Putin va mudofaa vaziri Shoygu Sibirda dam oldi (fotoreportaj)

Putin va mudofaa vaziri Shoygu Sibirda dam oldi (fotoreportaj)
Foto: «Kremlin.ru»
Sentabr boshida, Primore va Amur viloyatiga ishchi tashrifdan keyin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sibirda biroz vaqt hordiq chiqarib qaytdi, deb yozadi «RBK». Ta’tilda unga mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamrohlik qildi.

Sibirda Putin va Shoygu Sayano-Shushenskiy qo‘riqxonasini aylanib sayr qildi va morollar (Sibir bug‘ulari) to‘dasini uchratdi. «Bizni bosib ketishlariga sal qoldi! Va shunchalik katta tezlikda! Sakrashlarini aytmaysizmi! Ular Olimpiya o‘yinlarida qatnashishi kerak. Ularga hech kim teng kela olmasdi», — deya o‘z hissiyotlari bilan bo‘lishdi prezident.
Putin va mudofaa vaziri Shoygu Sibirda dam oldi (fotoreportaj)
Foto: «Kremlin.ru»
Taygada Putin baliq ovladi.
Putin va mudofaa vaziri Shoygu Sibirda dam oldi (fotoreportaj)
Foto: «Kremlin.ru»
Va cho‘rtanbaliq tutdi.
Putin va mudofaa vaziri Shoygu Sibirda dam oldi (fotoreportaj)
Foto: «Kremlin.ru»
Davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, tutilgan baliqning og‘irligini o‘lchashmagan. «Lekin baliq sho‘rva pishirishdi», — dedi u.
Putin va mudofaa vaziri Shoygu Sibirda dam oldi (fotoreportaj)
Foto: «Kremlin.ru»
Bundan tashqari, Putin va Shoygu katerda va yo‘ltanlamas mashinada sayr qildi.
Putin va mudofaa vaziri Shoygu Sibirda dam oldi (fotoreportaj)
Foto: «Kremlin.ru»
Prezident va vazir dengiz sathidan taxminan 2 ming metr balandlikka o‘rnatilgan chodirlarda tunadi.
Putin va mudofaa vaziri Shoygu Sibirda dam oldi (fotoreportaj)
Foto: «Kremlin.ru»
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, birgalikdagi hordiq vaqtida Putin va Shoygu Sibirda yangi shaharlarni qurish g‘oyasini muhokama qilgan bo‘lishi mumkin.
Putin va mudofaa vaziri Shoygu Sibirda dam oldi (fotoreportaj)
Foto: «Kremlin.ru»
Mudofaa vaziri bunday tashabbus bilan avgust boshida chiqqan edi. Uning fikricha, Sibirda aholisi 300—500 mingdan boshlanadigan beshta yirik sanoat va ilm-fan markazlarini yaratish kerak.
Putin va mudofaa vaziri Shoygu Sibirda dam oldi (fotoreportaj)
Foto: «Kremlin.ru»
Putin Taygaga ta’til o‘tkazish uchun birinchi marta kelayotgani yo‘q. O‘tgan safar bu yerga Shoygu bilan mart oyida kelgandi. O‘shanda Peskov «Putin ta’tilda o‘zi bilan yadro jomadonchasini olib yuradimi?» — degan savolga hordiq chog‘ida prezidentda barcha zarur aloqa vositalari bo‘ladi, deya javob bergan edi.
Putin va mudofaa vaziri Shoygu Sibirda dam oldi (fotoreportaj)
Foto: «Kremlin.ru»
Rossiya prezidenti Sibir o‘rmonlariga tez-tez safar qilib turadi. Xususan, 2018 yilda Sergey Shoygu va federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov bilan birga tog‘da sayr qilgan, shanba va yakshanba kunlarini Yeniseyda o‘tkazgan edi.
Putin va mudofaa vaziri Shoygu Sibirda dam oldi (fotoreportaj)
Foto: «Kremlin.ru»
2017 yilda esa Sergey Shoygu, shuningdek, Tuva rahbari Sholban Kara-ool va Xakasiya rahbari Viktor Zimin hamrohligida tog‘ ko‘llarida baliq tutgan, daryolarda motorli qayiqlarda yurgan, kvadrosiklda va piyoda tog‘dan tog‘ga ko‘chib yurgan. Ta’til chog‘ida Putin go‘sht qovurishni yaxshi ko‘radi va «hamma narsani o‘zi qiladi», degan edi Tuva sobiq rahbari Sholban Kara-ool.
Putin va mudofaa vaziri Shoygu Sibirda dam oldi (fotoreportaj)
Foto: «Kremlin.ru»
Shuningdek, 2014 yilda Vladimir Putin 7 oktabr, tug‘ilgan kunida birinchi marta o‘ziga ta’til olib, Sibir taygasiga jo‘nab ketgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.