Pandemiyadan qachon qutulamiz? «Pfizer» rahbari o‘z taxminini aytdi

Pandemiyadan qachon qutulamiz? «Pfizer» rahbari o‘z taxminini aytdi
Foto: RBK
Amerikaning «Pfizer» farmatsevtika kompaniyasi bosh direktori Albert Burla dunyo koronavirus pandemiyasidan oldingidek hayotga qaytishi uchun kamida bir yil ketadi, degan fikrda.

Biroq virusning yangi mutatsiyalari paydo bo‘lishi ehtimoli saqlanib turibdi, shu bois har yili COVID-19ga qarshi emlash tajribasi saqlanib qoladi, dedi u.

«Vatsinatsiyasiz odatiy hayot tarzimizni davom ettira olamiz deb o‘ylamayman», — dedi Albert Burla ABC telekanalidagi chiqishida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.