Tramp Twitter akkauntini sud orqali tiklamoqchi

Tramp Twitter akkauntini sud orqali tiklamoqchi
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp o‘z advokatlari orqali Florida shtati federal sudiga Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntini to‘liq tiklanmaguniga qadar vaqtincha blokdan chiqarishni so‘rab murojaat qildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Agentlikning yozishicha, murojaatda Twitter AQSHda «ochiq demokratik debatlar uchun beqiyos va xavfli darajadagi hokimiyatga ega»ligi aytilgan.

Trampning Twitter akkauntida 88 mln obunachi bor edi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoq Trampning shaxsiy akkauntini bloklab qo‘ygandi. Bu 6 yanvarda uning tarafdorlari AQSH kongressi binosini egallab olishga uringanidan so‘ng yuz bergandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.