Sitsiliyada gaz portlashi oqibatida 5 qavatli uy qulab tushdi

Sitsiliyada gaz portlashi oqibatida 5 qavatli uy qulab tushdi
Foto: Twitter / emergenzavvf
Italiyaning Sitsiliya orolida 11 dekabr kechki payt 5 qavatli uyda gaz portlashi yuz berdi. Buning oqibatida uy qulab tushgan, deb xabar berdi Giornale di Sicilia nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Ravanuza shahrida yuz bergan. Dastlabki taxminga ko‘ra, bunga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Portlash 2 ta qo‘shni binoga ham zarar yetkazgan. Ayni vaqtda 12 kishi, jumladan 3 bola bedarak yo‘qolgani ma’lum.

Voqea joyida favqulodda xizmatlar ish olib bormoqda. Qutqaruv amaliyotini boshlashdan oldin o‘t o‘chiruvchilar portlashdan keyin chiqqan yong‘inni o‘chirishlariga to‘g‘ri kelgan.
Sitsiliyada gaz portlashi oqibatida 5 qavatli uy qulab tushdi
Foto: Twitter / emergenzavvf
Sitsiliyada gaz portlashi oqibatida 5 qavatli uy qulab tushdi
Foto: Twitter / emergenzavvf
Sitsiliyada gaz portlashi oqibatida 5 qavatli uy qulab tushdi
Foto: Twitter / emergenzavvf
Sitsiliyada gaz portlashi oqibatida 5 qavatli uy qulab tushdi
Foto: Twitter / emergenzavvf
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.