Arnold Shvarsenegger rafiqasi bilan rasman ajrashdi

Arnold Shvarsenegger rafiqasi bilan rasman ajrashdi
Foto: «Google.com»
Amerikalik aktyor va siyosatchi Arnold Shvarsenegger o‘n yillik sud jarayonlaridan so‘ng rafiqasi Mariya Shrayver bilan rasman ajrashdi. Bu haqda RIA Novosti ma’lum qilmoqda.

Juftlik ajralish qarori haqida 2011 yilda, Shvarseneggerning uy xizmatchisidan o‘g‘il ko‘rgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lganidan so‘ng e’lon qilgandi.

Sud jarayonining bunday uzoq davom etishi «motivatsiya yo‘qligi» va mulkni taqsimlash borasidagi nizolar bilan izohlanmoqda.

Manbalarga ko‘ra, sud jarayoni bilan bog‘liq xarajatlar taxminan 400 million dollarni tashkil etgan. Natijada mulk deyarli teng o‘rtadan bo‘lingan.

Arnold va Mariya 1986 yilda turmush qurishgan, ularning to‘rt nafar farzandi bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.