«Tolibon»: Afg‘onistondagi iqtisodiy vaziyat yaxshilanmoqda

«Tolibon»: Afg‘onistondagi iqtisodiy vaziyat yaxshilanmoqda
Foto: «AP Images»
Afg‘onistonda siyosiy va iqtisodiy vaziyat yaxshilanyapti, bu haqda «Tolibon» harakati rasmiy vakili Zabihullo Mujohid ma’lum qildi.

«Bu yo‘ldagi asosiy to‘siq xavfsizlik edi. Xavfsizlik ta’minlanganidan so‘ng siyosiy va iqtisodiy barqarorlik sekin-asta o‘nglanyapti», — dedi Mujohid.

«Tolibon» mamlakatga sarmoyadorlarni jalb etishga urinmoqda. Harakat vakili aytishicha, mamlakatning chetdagi mablag‘lari muzlatib qo‘yilgani, albatta katta to‘siq, biroq «Tolibon» qaltis vaziyatdan chiqish yo‘lini topgan.

Bugun, 29 dekabrda Kobulda o‘tkazilgan namoyishga o‘nlab ayollar ham chiqdi. Ular AQSH prezidenti Jozef Baydendan mamlakatning aktivlari muzlatilishini bekor qilishni talab qilishgan.

Afg‘onistonda ayni paytda ahvol juda og‘ir: 22,8 million kishi oziq-ovqat doimiy yetishmovchiligidan, 8,7 million kishi ochlikdan aziyat chekmoqda. Afg‘onistonning aholisi umumiy soni — 39 million.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.