Germaniyalik oila uyida 444 dona archa bezatdi va jahon rekordini o‘rnatdi

Germaniyalik oila uyida 444 dona archa bezatdi va jahon rekordini o‘rnatdi
Foto: People Talk
Yangi yil bayramidagi bezaklar juda haddan oshgandek tuyilsa, germaniyalik Yerominlar oilasi bunga har yili alohida yondashadi. Tomas va Syuzanna uyda eng ko‘p sonli archalar va bezaklarni o‘rnatib, jahon rekordini o‘rnatdi.

Nemis oilasi o‘z uyiga 444 ta bayram archasini joylashtirib, ularni 10 ming dona o‘yinchoq bilan bezatdi. Butun uyni yoritish uchun ularga 300 dona archa chiroqlari kerak bo‘ldi. Shunisi e’tiborliki, har bir archa boshqa ranglarda bezatilgan. Uyning bezaklari chindan ham boshni aylantirishi shubhasiz.
Germaniyalik oila uyida 444 dona archa bezatdi va jahon rekordini o‘rnatdi
Foto: People Talk
Yerominlar oilasiga Germaniya rekordlar instituti tomonidan mukofot topshirildi. Aytgancha, ular o‘zlarining rekordlarini yangiladi, bir necha yillardan beri Yerominlar oilasi o‘z uyida ko‘plab Yangi yil archalarini bezatib kelmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.