Donald Tramp uchinchi jahon urushiga kim sababchi bo‘lishi mumkinligini aytdi

Donald Tramp uchinchi jahon urushiga kim sababchi bo‘lishi mumkinligini aytdi
AQSHning 45-prezidenti Donald Trampning fikricha, amaldagi prezident Jo Baydenning «iqtidorsizligi» Uchinchi jahon urushi xavfini keltirib chiqaradi. Bu haqda Tramp Texasdagi mitingda aytdi.

«Har kuni Baydenning qobiliyatsizligi Amerikani xavf ostiga qo‘yadi. Hamma biladi, agar men prezident bo‘lganimda, Rossiyaning Ukraina bilan qilayotgan ishlari hech qachon mumkin bo‘lmasdi», — dedi Tramp.

U o‘z prezidentligi davrida Qo‘shma Shtatlar «kuch orqali tinchlik» degan tashqi siyosat tamoyilini tan olganini eslatdi. Bundan tashqari, Tramp Qo‘shma Shtatlarning yangi urushlarga kirishiga yo‘l qo‘ymaganini o‘zining xizmati deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Ukraina chegarasida katta qo‘shin to‘playotgani va G‘arb tomoni xavotiri sabab Sharqiy Yevropada taranglik kuchaymoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.