Yelizaveta II hech kimning xayoliga kelmagan biznesga qo‘l urdi

Yelizaveta II hech kimning xayoliga kelmagan biznesga qo‘l urdi
Foto: Elle
Yosh muammo emas. 95 yashar Buyuk Britaniya qirolichasi ketchup va jigarrang sous ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, deb yozadi Elle.

The Sun nashrining yozishicha, qirolicha ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan mahsulotni nonushta yoki kunning har qanday vaqtida iste’mol qilish mumkin. Shuningdek, ketchup xurmo, olma sharbati, xushbo‘y ziravorlar va sirka bilan boyitilgan.
Yelizaveta II hech kimning xayoliga kelmagan biznesga qo‘l urdi
Foto: Elle
Barcha ziravorlar qirolichaning Sandringemdagi Norfolk mulkida yetishtiriladi va faqat tabiiy mahsulotlardan iborat. Souslarning sotuvga chiqarilish sanasi hali e’lon qilinmagan.

Bu qirolichaning birinchi oziq-ovqat biznesi emas. Bukingem saroyi 2020 yilda spirtli ichimliklar brendini ishga tushirgan. Qirollik oilasi ishlab chiqargan ichimlik Londondagi bog‘larda yetishtirilgan mahsulotlardan tayyorlanadi va do‘lana, limon verbena, tut va dafna barglari bilan boyitilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.