Lukashenko prezidentlikdan qachon ketishi mumkinligini aytdi

Lukashenko prezidentlikdan qachon ketishi mumkinligini aytdi
Foto: AP
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko davlat rahbarligidan ketishi shartini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda vaziyat barqarorlashganida o‘z lavozimini tark etadi.

Lukashenko Belarusni yana qancha vaqt boshqarishni mo‘ljallayotgani to‘g‘risidagi savolga u urush yoki 2020 yildagi kabi voqealar yuz beradigan bo‘lsa «har doim» boshqarishini aytdi.

Uning fikricha, mamlakat Lukashenkoning o‘rnini egallaydigan insonni aniqlab olishi kerak.
«Hammayoq tinch bo‘lsa, siz aytayotgan \"kim, kim\"ni aniqlaymiz», — dedi Belarus prezidenti.

Aleksandr Lukashenko o‘zini umrining oxirigacha davlat rahbari bo‘lgan Leonid Brejnevga qiyosladi.
«Hozir u nafaqat vaziyatga, atrofidagi odamlarga ham bog‘langanini tushunyapman, uni qo‘llab-quvvatlashgan», — dedi u.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.