Shvetsiyadagi kompaniya Google’dan 2,1 mlrd yevro kompensatsiya talab qildi

Shvetsiyadagi kompaniya Google’dan 2,1 mlrd yevro kompensatsiya talab qildi
Foto: Getty Images
Shvetsiyaning narxlarni solishtiruvchi PriceRunner servisi Google kompaniyasini 2,1 mlrd yevro kompensatsiya talab qilib sudga berdi.

\"Biz Google bir necha yil davomida yetkazgan zarar uchun kompensatsiya olmoqchimiz va bu sud jarayonini Google kompaniyasi o‘n to‘rt yil davomida raqobat to‘g‘risidagi qonunni buzib kelgani uchun jabrlangan iste’molchilar uchun kurash deb bilamiz\", - dedi PriceRunner bosh direktori Mikael Lindal.

Kompaniyaning qo‘shimcha qilishicha, Google Yevropada monopoliyachi hisoblanadi.

Kompaniya shuningdek, YEI komissiyasining qarorini bajarmaslik va \"o‘z ustunligini suiiste’mol qilish\"da ayblanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.