Rossiya rubli quladi

Rossiya rubli quladi
Foto: Investing
Rossiya rubli xalqaro savdolarda qadrsizlanmoqda. Payshanba kuni, 24 fevral ertalab birjalarda yevroning qiymati 101 rublga, dollarniki esa 90 rublga yaqinlashdi.

Ayirboshlash punktlarida dollar 95 dan 108 rublgacha, yevro esa 105 dan 120 rublgacha sotilmoqda.
Rossiya rubli quladi
Foto: RBC
Bu — tarixiy voqealar. Hatto 2014 yilda, Qrim voqealari sodir bo‘lganda ham rubl bu darajada qadrsizlanmagan edi.

Rossiya birjalari vaqti-vaqti bilan savdolarni to‘xtatib turibdi. Rossiya Markaziy banki rubl kursini barqarorlashtirish uchun valyuta intervensiyalari boshlanganini e’lon qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.