Dunyodagi eng yirik texnoko‘rgazma eshiklari Rossiya uchun yopildi

Dunyodagi eng yirik texnoko‘rgazma eshiklari Rossiya uchun yopildi
Foto: «Geeknetic»
Dunyodagi eng yirik mobil sanoat ko‘rgazmasi — Mobile World Congress (MWC) Rossiyaga o‘z pavilonlarini ajratishdan bosh tortdi. Ushbu tadbir tashkilotchisi — Global mobil kommunikatsiya tizimlari assotsiatsiyasi (GSMA) ushbu qarorga keldi.

Sabab — Ukraina bilan bog‘liq vaziyat tufayli Yevropa ittifoqi va AQSH qo‘llagan sanksiyalar.

«Biz xalqaro sanksiyalarga asoslanib ishlaymiz, qolaversa, sanksiyalar ro‘yxatida nomlari ko‘rsatilgan kompaniyalarning qatnashishi ham taqiqlangan», — dedi «Reuters» bilan suhbatda GSMA rahbari Jon Hoffman. «Albatta, bu rivojlanib boradigan vaziyat, biz uni kuzatishda davom etamiz», — qo‘shimcha qildi u.

MWC — mobil sanoatning eng yirik ko‘rgazmalaridan biri, 2006 yildan beri muntazam har yili Barselona (Ispaniya)da o‘tkaziladi. Bu safargisi 2022 yilning 28 fevralida boshlanib, 3 martgacha davom etadi. Texnologiyalar ulkan shousiga 40–60 ming kishi kelishi kutilyapti — pandemiya boshlanganidan beri tashkillashtirilayotgan odamlar ishtirokidagi eng yirik tadbirlardan biriga aylanishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.