Evropa Ittifoqi milliarder Alisher Usmonovga sanktsiya qoʻllashi mumkin

Evropa Ittifoqi milliarder Alisher Usmonovga sanktsiya qoʻllashi mumkin
Evropa Ittifoqi rossiyalik milliarderlar — Alisher Usmonov, Mixail Fridman va Pyotr Aven, shuningdek, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga nisbatan sanktsiyalar qoʻllash imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg ma'lum qildi.

Agentlik qoʻlga kiritgan hujjatlarga koʻra, Evropa davlatlari tomonidan hali tasdiqlanmagan, oʻzgarishi mumkin boʻlgan shaxslar roʻyxatiga AQShning sanktsiyalari ta'sir qilmagan milliarderlar guruhi kiradi: Alisher Usmonov, Mixail Fridman va Pyotr Aven. Bundan tashqari, «Severstal»ning asosiy egasi Aleksey Mordashov ham sanktsiyalarga duchor boʻlishi mumkin.

Koʻrib chiqilayotgan shaxslar roʻyxatida Dmitriy Peskov ham bor.

Oʻtgan hafta Evropa Ittifoqi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga qarshi sanktsiyalar kiritgandi. Shuningdek, Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin, Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi rahbari oʻrinbosari Dmitriy Medvedev, prezidentning atrof-muhit masalalari boʻyicha maxsus vakili Sergey Ivanov, ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsevga ham sanktsiyalar joriy etilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.