OAV: Rossiya hukumati samolyoti AQShga yoʻl oldi

OAV: Rossiya hukumati samolyoti AQShga yoʻl oldi
Foto: TASS
Rossiya hukumatiga qarashli Il-96-300 samolyoti Sankt-Peterburgdan AQShga parvoz qildi. Bu haqda Flightradar24 portali ma'lumotlariga tayanib “Lenta.ru” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, samolyot Vashington sari uchmoqda.

Ma'lumotlarga koʻra, u 4 mart kuni Moskvada boʻlgan, soʻngra Sankt-Peterburgga kelib qoʻngan va bu erdan Vashingtonga parvoz qilgan.

“Rossiya” maxsus parvoz otryadining Il-96-300 samolyoti Rossiya prezidenti, hukumat raisi va boshqa yuqori lavozimdagi amaldorlarga xizmat koʻrsatadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.