Ukraina va Rossiya tashqi ishlar vazirlari uchrashdi

Ukraina va Rossiya tashqi ishlar vazirlari uchrashdi
Foto: «Gazeta.Ru»
Bugun Turkiyaning Antaliya shahrida Dmitriy Kuleba (Ukraina TIV) va Sergey Lavrov (Rossiya TIV) uchrashdi. Uchrashuvdan so‘ng har ikki vazir alohida matbuot anjumalarini o‘tkazdi.

«Reuters» yozishicha, Kuleba o‘t ochish to‘xtatilishi haqida hech qanaqa gap ketmaganini va Lavrov Mariupol aholisini evakuatsiya qilish uchun gumanitar koridorlar ochishga va’da bermaganini aytgan. Kuleba xuddi shu formatda Lavrov bilan yana uchrashishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Turkiya vositachiligida Antaliyada tashkil etildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.