Hindistonda futbol muxlislari o‘tirgan tribuna qulab tushdi

Hindistonda futbol muxlislari o‘tirgan tribuna qulab tushdi
Hindistonning Telangan shtatidagi Pungodu qishlog‘ida futbol o‘yinida muxlislar o‘tirgan stadion tribunasi qulab tushdi.

3,5 ming tomoshabinga mo‘ljallangan mazkur arenaga 8 ming kishi kelgan. Natijada tribunalardan biri qulab tushgan va yoritish tizimi moslamalari odamlar ustiga tushgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 200 ga yaqin kishi jarohatlangan. Hozircha qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.