Bayden Putinni yana bir bor “harbiy jinoyatchi” deb atadi

Foto: AFP/Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni yana bir bor “harbiy jinoyatchi” deb atadi.
“Ukrainadagi vayronkorliklar men harbiy jinoyatchi deb hisoblaydigan odam tomonidan amalga oshirilmoqda”, dedi Oq uy rahbari Polshaga tashrifi chog‘ida. Uning qo‘shimcha qilishicha, \"bu yuridik nuqtai nazarga mos keladi\".
Avvalroq Bayden Fox News telekanali jurnalisti savoliga javoban Putinni “harbiy jinoyatchi” deb aytgandi.
Buning ortidan Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQSHning Moskvadagi elchisi Jon Sallivanni chaqirtirgan va unga norozilik notasini topshirgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!AQSH prezidenti Jo Bayden rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni yana bir bor “harbiy jinoyatchi” deb atadi.
“Ukrainadagi vayronkorliklar men harbiy jinoyatchi deb hisoblaydigan odam tomonidan amalga oshirilmoqda”, dedi Oq uy rahbari Polshaga tashrifi chog‘ida. Uning qo‘shimcha qilishicha, \"bu yuridik nuqtai nazarga mos keladi\".
Avvalroq Bayden Fox News telekanali jurnalisti savoliga javoban Putinni “harbiy jinoyatchi” deb aytgandi.
Buning ortidan Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQSHning Moskvadagi elchisi Jon Sallivanni chaqirtirgan va unga norozilik notasini topshirgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













