Olimlar ayollar semirib ketmaslik uchun necha soat uxlashlari kerakligini aniqladi


Ko‘p uxlash ortiqcha vazn to‘plashga sabab bo‘ladi, deb o‘ylasangiz, adashasiz. Uyqu paytida insonning semirib ketishi mantiqsiz ekanligi aytilmoqda. Hatto uzoq muddat davom etuvchi uyqu kishining semirib ketmasligiga ham yordam berarmish. Bu haqda Vashington universiteti olimlari o‘tkazgan tajribadan ma’lum bo‘ldi, deyiladi \"Darakchi\" nashrida.
Olimlar mingdan ortiq egizaklar ustida tajriba o‘tkazishdi. Ma’lum bo‘lishicha, sutkasiga etti soat uxlaydigan kishilarning aksariyati ortiqcha vazn muammosidan aziyat chekadi. Sutkasiga 8-9 soat uxlaydiganlar esa risoladagidek qaddi-qomat sohiblari bo‘lishar ekan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













