Qurbonlikka atab sotib olingan qo‘y kasal bo‘lib qolsa uni qurbonlik qilsa bo‘ladimi?

Qurbonlikka atab sotib olingan qo‘y kasal bo‘lib qolsa uni qurbonlik qilsa bo‘ladimi?
Qurbonlikka atab sotib olingan qo‘y kasal bo‘lib qolsa uni qurbonlik qilsa bo‘ladimi?
SAVOL: 
Qurbonlikka qo‘y olgan edim. Hech narsa yemay qo‘ydi. Olgan paytim yaxshi edi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra u bo‘kib qolibdi, lekin ahvoli yaxshi. O‘zi bemalol harakatlanib yuribdi. Uni qurbonlikka so‘ysam bo‘ladimi?
 
JAVOB:
Agar o‘zi bemalol harakatlanib yurgan bo‘lsa, uni qurbonlik qilish joiz.
 
Payg‘ambarimiz alayhissalom aytadilar: Qurbonlikda to‘rt xili joiz emas: 1. Yaqqol g‘ilay ko‘zli, 2. Yaqqol oqsoq – cho‘loq, 3. Kasalligi yaqqol ma’lum,  4. Iligi yo‘q-o‘ta oriq jonivorlar.
 
Fuqaholarimiz hadisda zikr qilingan mazkur ayblar hayvonni sotib olish vaqtiga tegishli ekanini ta’kidlaganlar. Agar hayvonni qurbonlik uchun  sog‘lom holda sotib olingan bo‘lsa-yu, keyinchalik u kasal bo‘lib qolsa uning tafsiloti quyidagicha bayon qilingan:
 
\"Agar hayvonlar sog‘lom holatida sotib olgan bo‘lib, keyinchalik qurbonlik qilishga mone’ bo‘ladigan biror ayb yetsa, boy kishilar almashtiradilar. Agar faqir bo‘lsalar, o‘sha kifoya qilaveradi\" (Al-Inoya sharhul Hidoya). Vallohu a’lam.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.