Ehtimol, 30 yildan so‘ng biz mana shunday ajoyib maskanlarda dam olarmiz

Ehtimol, 30 yildan so‘ng biz mana shunday  ajoyib maskanlarda dam olarmiz
Ilm-fan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda har bir inson kelajakka nazar tashlab ko‘rgisi keladi. Barcha nazariya va qarashlar ko‘pincha bizning tasavvurimizdan-da yorqinroq bo‘lib chiqadi, deb yozadi \"Kun.uz\" sayti.

Mana shunday g‘oyalardan ba’zilari bizni juda ham qiziqtirib qo‘ydi. Ehtimol, aynan shular kelajakda o‘z aksini topar.
Sayohatlar uchun mukammal avialayner
Ehtimol, 30 yildan so‘ng biz mana shunday  ajoyib maskanlarda dam olarmiz

Erik Elmas shaffof ustunli ekologik toza va shovqinsiz dirijablni modellashtirdi, unda parvoz qila turib, cho‘milish va toblanish mumkin bo‘ladi.
Suvdagi ekopolis
Ehtimol, 30 yildan so‘ng biz mana shunday  ajoyib maskanlarda dam olarmiz

Suv sathining o‘sishiga doir muhim savolga Vensan Kalleboning Liliped suzuvchi eko-shahri javob bo‘ldi. Mukammal shahar 50 kishini o‘zida sig‘dira oladi, qayta tiklanadigan energiya manbalarida (shamol, quyosh nuri va boshqa shunga o‘xshash manbalar) ishlaydi.
Ehtimol, 30 yildan so‘ng biz mana shunday  ajoyib maskanlarda dam olarmiz

Bu kemada barcha uchun ish o‘rinlari, savdo zonalari, dam olish maydonlari ko‘zlab qo‘yilgan. Bu tabiat bilan uyg‘unlikda yashashning eng yaxshi usullaridan biridir.
Uchuvchi bog‘lar
Ehtimol, 30 yildan so‘ng biz mana shunday  ajoyib maskanlarda dam olarmiz

Ko‘plab insonlar sog‘lom va musaffo sayyora haqida orzu qilishadi, bu shunga yaqqol misol bo‘la oladi. Havoda suzish va bog‘dorchilik - Vensan Kalleboning yana bir loyihasidagi kalit so‘zlar. Uning bo‘lg‘usi ixtirosi - «Gidrogenaza» - osmono‘par bino, dirijabl, bioreaktor va osma bog‘larning o‘ziga xos gibridi.
Bumerang
Ehtimol, 30 yildan so‘ng biz mana shunday  ajoyib maskanlarda dam olarmiz

Kemalar uchun o‘ziga xos mobil porti bo‘lib, ko‘plab ko‘ngilochar o‘yin-kulgilarga boy kurortlarning o‘rnini bosishi mumkin. Buni shaxsiy energiya manbaiga ega haqiqiy orol desa bo‘ladi.
Superyaxta
Ehtimol, 30 yildan so‘ng biz mana shunday  ajoyib maskanlarda dam olarmiz

Dizayner Zaha Xadid bu yaxtani suvosti dunyosidan ilhomlanib yaratgan. Aynan shu qurilmada u o‘z ijodida qo‘llagan tuzilma va shakllarni ko‘ra olgan. Ekzoskeletni yodga soluvchi bu yaxta ichki tomondan ham, tashqi tomondan ham katta taassurot qoldiradi.
Lyuks toifali kelajakning kruiz dirijabli
Ehtimol, 30 yildan so‘ng biz mana shunday  ajoyib maskanlarda dam olarmiz

U bizda xuddi \"Yulduzlar jangi\" filmidan uchib kelgandek tasavvur uyg‘otadi, faqat yaxshi niyat bilan. Dizayner Mak Bayersning maqsadi - sayohatlar uchun qulay transport yaratish.
Ehtimol, 30 yildan so‘ng biz mana shunday  ajoyib maskanlarda dam olarmiz

Ichki tomondan hammasi juda futuristik ko‘rinishga ega. Keng hudud va yorqin ranglar diqqatga sazovordir. Ushbu loyiha dirijabllarga yangicha nazar tashlash imkonini beradi.
Boshqariluvchi tropik orol
Ehtimol, 30 yildan so‘ng biz mana shunday  ajoyib maskanlarda dam olarmiz

Londonning Yacht Island Design kompaniyasi tomonidan yaratilgan mo‘jiza. U o‘z sharsharasi, shaffof tubli hovuzi va hattoki kichik vulqoniga ega haqiqiy suzuvchi tropik oroldek tasavvur uyg‘otadi.
Monako ko‘chalari
Ehtimol, 30 yildan so‘ng biz mana shunday  ajoyib maskanlarda dam olarmiz

Yacht Island Design\'ning yana bir loyihasi. Lyuks kema Monakoning bir necha mashhur ob’ektlarini o‘zida jamlagan: \"Otlel de pari\" lyuks mehmonxonasi, \"Monte-Karlo\" kazinosi, \"Kafe de pari\" restorani va hatto Monakodagi Gran-pri trassalari yo‘nalishini takrorlovchi karting-trek.
Ulkan kema-shahar
Ehtimol, 30 yildan so‘ng biz mana shunday  ajoyib maskanlarda dam olarmiz

Ulkan suzuvchi shaharga qanday qaraysiz? Qarshingizda hajmi bo‘yicha Nyu-Yorkdagi Markaziy Park bilan qiyoslash mumkin bo‘lgan «Atlantis II». U o‘z qamrovi bilan kishini hayratga soladi.
Chuchuk suvlarni tozalash uchun yashil orolcha
Ehtimol, 30 yildan so‘ng biz mana shunday  ajoyib maskanlarda dam olarmiz

Fazaliya — daryolarning tozalanishiga va barchani a’lo sifatli chuchuk suv bilan ta’minlashga mo‘ljallangan suzuvchi bog‘. Transport biofiltr bilan ta’minlangan.
Ehtimol, 30 yildan so‘ng biz mana shunday  ajoyib maskanlarda dam olarmiz

Bundan tashqari bahavo mukammal yashil orolcha ajoyib dam olish maskani sifatida ham xizmat ko‘rsatishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.