Nega nikoh uzugi aynan shu barmoqqa taqiladi?

Nega nikoh uzugi aynan shu barmoqqa taqiladi?
Nikoh uzugi ko‘pchilik madaniyatlarda chap qo‘lning be­nom(nomsiz) barmo­g‘iga taqiladi. Buning sababi nafaqat urf-odat, balki qadimiy e’tiqodlarga ham borib taqaladi.

Qadimgi Rimliklar bu barmoqdan “vena amoris” – “muhabbat tomiri” yurakka bevosita boradi, deb ishonishgan. Ya’ni bu barmoq yurak bilan “bevosita bog‘langan”, degan ramziy ma’no uzukni aynan shu barmoqqa taqishga asos bo‘lgan.

Bugungi kunda bu ilmiy jihatdan isbotlanmagan bo‘lsa-da, ramziy ma’noyurakdan joy olgan muhabbat timsoli sifatida hali-hanuz saqlanib qolgan.

Shuningdek, bu barmoq ish va maishiy yumushlarda kam ishtirok etgani sababli uzukni asrash uchun ham ayni muddao sanaladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.