Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning foydali va shifobaxsh xususiyatlari

Kuniga bir choy qoshiq, taxminan 3–5 gramm urug‘ (yog‘ emas!) iste’mol qilish yetarli bo‘ladi, va bu miqdor qora sedananing foydali ta’sirini ta’minlaydi. Uni ovqatga qo‘shishda esa to‘g‘ri miqdor va tayyorlash uslubiga alohida ahamiyat berish kerak.
Kimlarga tavsiya qilinmaydi?
Qora sedananing foydali xususiyatlariga qaramasdan, uni hamma uchun tavsiya qilish mumkin emas. Ayniqsa, buyrak va siydik pufagida muammo bor kishilar sedana qo‘shib tayyorlanadigan taomlardan uzoqroq turishi lozim. Shu bilan birga, uning yuqori kaloriyaga ega ekani ham ahamiyatli — 100 grammida 560 kkal mavjud bo‘lib, shu sababli parhez qilayotganlar uchun qora sedanadan ehtiyotli foydalanish kerak.
Qanday sharoitda saqlash kerak?
Qora sedanani sifatini saqlash uchun uni qorong‘i va salqin joyda, germetik idish ichida saqlash muhim. Bu shartlarda u uch oygacha o‘z foydali xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Agar uni yanada uzoq muddatda — yarim yilgacha saqlash lozim bo‘lsa, muzlatkichda saqlash tavsiya qilinadi, shu bilan u sifati buzilmasligi va aynimasligi ta’minlanadi.













