Nega chaqaloqlar ko‘p xiqichoq tutadi? Sabablari va xavotirli holatlar

Nega chaqaloqlar ko‘p xiqichoq tutadi? Sabablari va xavotirli holatlar

Har bir ota-ona chaqalog‘ini xiqichoq tutganini ko‘rganida biroz xavotirga tushadi. Aslida esa bu ko‘p hollarda tabiiy holat hisoblanadi.

Pediatrlar ta’kidlashicha, xiqichoq — bu diafragma (nafas olishga yordam beruvchi mushak)ning tez-tez qisqarishi natijasida yuzaga keladi.

Chaqaloqlarda xiqichoqning asosiy sabablari:

- Ona suti yoki qo‘shimcha ovqatni tez ichishi, havo yutishi;

- Sovuqda qolib ketishi yoki tanasi tez sovishi;

- Asab tizimining hali to‘liq shakllanmagani;

- Ko‘proq hissiy holatlar (ko‘p kulish, yig‘lash) ham sabab bo‘lishi mumkin.

- Odatda xiqichoq 10–15 daqiqa ichida o‘tib ketadi va bolaga jiddiy ziyon yetkazmaydi.

Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

- Xiqichoq juda uzoq davom etsa (bir soatdan ortiq);

- Har ovqatlangandan keyin takrorlansa;

- Bolada nafas olish qiyinlashsa yoki ko‘karish kuzatilsa.

Mutaxassislar aytadi: ko‘pchilik hollarda chaqaloqning xiqichog‘i xavfli emas. Lekin ortiqcha bezovta qilsa, shifokor maslahati eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.