Intererdagi ranglar kayfiyatga qanday ta’sir qiladi?

Intererdagi ranglar kayfiyatga qanday ta’sir qiladi?
Intererning qanday rangda bo‘lishi muhim ahamiyatga ega: xonadagi muhit va uning qanchalik shinam bo‘lishi aynan unga bog‘liq. Shuning uchun ham ranglar uyg‘unligini tanlash murakkab masala hisoblanadi.

Intererni ta’mirdan chiqarar ekansiz, ranglarni tanlashda faqat o‘zingizning didingizdan kelib chiqishni tavsiya qilamiz.
Intererdagi ranglar kayfiyatga qanday ta’sir qiladi?

Oxirgi paytlarda ko‘pchilik yorqin ranglarni tanlamoqda. Yorqin ranglar asosiy fon sifatida ham, yoki intererning turli detallarida ham qo‘llanishi mumkin.

Ranglarni tanlashda bir qator o‘ziga xos jihatlar: uning kishiga ta’siri, boshqa ranglar bilan uyg‘unligiga e’tibor qaratish lozim.

Umuman olganda barcha ranglar ikki xil rangga bo‘linadi: issiq (ularga sariq, qizil kabi yorqin ranglar kiradi) va sovuq (ko‘k va yashilning barcha tuslari).
Intererdagi ranglar kayfiyatga qanday ta’sir qiladi?

To‘yingan ko‘k rang dengiz salqinligi kabi musaffo tuyg‘ularni uyg‘otadi. Moviy rang esa yengillik va xotirjamlik hissini beradi. Yorqin qizil rang ehtiros, ba’zan esa tajovuz rangi hisoblanadi.

Sariq rang esa bir-biriga qarama-qarshi his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. U bir tomondan quyosh, quvonch, boylik ramzi hisoblansa, ikkinchi tomondan xavotir va xiyonat rangidir. Zamonaviy intererlarda yorqin yashil rangdan tez-tez foydalaniladi. U soflik, osoyishtalik va xotirjamlik hissini beradi.
Intererdagi ranglar kayfiyatga qanday ta’sir qiladi?
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.