Tishlar salomatligining bosh omili aniqlandi

Tishlar salomatligining bosh omili aniqlandi
Tishlar salomatligining bosh omili aniqlandi

AQShning Boston universiteti sog‘liqni saqlash sohasidagi siyosat masalalari bo‘yicha eksperti Brenda Hilton og‘iz bo‘shlig‘i salomatligiga ta’sir qiluvchi bosh omilni ma’lum qildi. Bu haqda Amerika assosiasiyasiga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.

Mutaxassisning fikricha, inson og‘iz bo‘shlig‘ining gigienasida uning atrofidagi kishilar, — oilasi va do‘stlari muhim o‘rin tutadi. Buni shunday izohlash mumkinki, shaxs o‘z oilasi bilan tozalik va taomlarga bo‘lgan umumiy qiziqishlarini baham ko‘radi.

Bu masalan, do‘stlar davrasida shakarli ichimliklarni iste’mol qilish yoki tishni kuniga kamida 2 marta tozalashga odatlanish kabilardir.

Olim 200 nafardan ortiq ayol ishtirokida so‘roq o‘tkazib, shunday xulosaga kelgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.