Kun davomida telefon ushlash qo‘l va barmoqlarga qanday ta’sir qiladi?

Kun davomida telefon ushlash qo‘l va barmoqlarga qanday ta’sir qiladi?

Bugungi kunda ko‘pchilik kunning katta qismini telefon bilan o‘tkazmoqda. Mutaxassislarning aytishicha, smartfondan uzoq vaqt davomida foydalanish qo‘l, barmoq va bilaklarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shifokorlar ayniqsa telefonni bir holatda uzoq ushlab turish mushaklarning zo‘riqishiga olib kelishini ta’kidlaydi. Natijada barmoqlarda og‘riq, qo‘llarda uvishish yoki bilakda noqulaylik hissi paydo bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda bu holat pay va bo‘g‘imlar bilan bog‘liq muammolarni ham keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari, telefon ekraniga uzoq tikilish nafaqat qo‘llarga, balki bo‘yin va yelka mushaklariga ham bosim beradi. Ayniqsa, noto‘g‘ri holatda o‘tirib telefon ishlatish umurtqa pog‘onasiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligi aytilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.