Ko‘zlar qalb oynasimi...?

Ko‘zlar qalb oynasimi...?
Ko‘zlar qalb oynasi deyishadi. Inson turli vaziyatlarda yolg‘on gapirishi mumkin biroq, “ko‘zlar” sira aldamaydi. Hech qaysi sezgi organimiz sevgi, mehr, samimiyat, soxtalik hamda g‘azabni ko‘zchalik aytib bera olmaydi.

Mashhur aktrisalardan biri Odri Hepbyorn unga shunday ta’rif bergan edi. “Ko‘z tildan ko‘ra rostgo‘y”. Haqiqatan, ko‘zning tuzilishi va rangiga qarab insonning fe’l-atvori haqida qisman ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
Ko‘zlar qalb oynasimi...?
Moviy ko‘zlar
Bundan ko‘z sohiblari yangilikka intiluvchan va tirishqoq bo‘lishadi. Hissiyotga beriluvchanlik va jahldorlik ularning nozik jihati hisoblanadi. Xalq tilida aytganda, “Lov etib yonib, puf etib o‘chishadi”. Moviy ko‘zlar ko‘pincha tushkun kayfiyatda bo‘lib, arzimagan muammolarni yurakka yaqin olishadi.
Ko‘zlar qalb oynasimi...?
Malla ko‘zlar
Bu turdagi ko‘z sohiblari juda aqlli, osonlik bilan vaziyatdan chiqib keta oladigan va moslashuvchanlik xususiyatiga egalar. Ular dabdaba va turli ziyofatlarni xush ko‘rishadi. Yengil turmush tarzini afzal ko‘ruvchi malla ko‘zlar ko‘pincha san’atning turli sohalarida faoliyat olib borishadi.
Ko‘zlar qalb oynasimi...?
Yashil ko‘zlar
Ayyorlikdan nishona. Ular aqlli va juda zehnli bo‘lishadi. Turli muammo va masalalarga bosiqlik va chuqur mulohaza bilan yechim topishadi. Dunyoning eng go‘zal va mashhur ayollarining ko‘zlari aynan shu rangda ekanligi aytiladi. Masalan, Anjelina Jolli, Ayshvariya Ray va hokazo.
Ko‘zlar qalb oynasimi...?
Qora va tim qora ko‘zlar
Qora ko‘zli kishilar anchayin kirishimli, ochiqko‘ngil va mehribon bo‘lishadi. Ularda yetakchilikka moyillik kuchli bo‘ladi. Rahbarlik qilish idroki tabiatan shakllangan va ulkan sabr sohibidirlar. Biroq, ular oilasi uchun vaqt ajrata olmasliklaridan nolib yashashadi. Qora ko‘zlarda ichki xotirjamlik juda kuchli.

Ko‘zlaringiz qanday rangda bo‘lishidan qat’iy nazar, doimo qalbingizga ezgulik va yaxshilikni jo qiling. Chunki ko‘zlaringizda ular o‘z aksini topadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.