O‘rik foydasi va zarari haqida – parhezshunos maslahati

O‘rik foydasi va zarari haqida – parhezshunos maslahati
O‘rikni me’yoridan ortiq daraja iste’mol qilish nafaqat ovqat hazm qilish muammolariga, balki allergik reaksiyalarga olib kelishi mumkin.
Bu haqda Moskva sog‘liqni saqlash departamenti shtatdan tashqari bosh parhezshunos-shifokori Antonina Starodubova o‘z fikrlarini bildirdi.

Mutaxassis ta’kidlashicha, odamda ichakdagi achish (fermentatsiya) jarayonlarining rivojlanishi tufayli oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin.

O‘rik tarkibida A, V, V1,S, Ye vitaminlari, beta-karotin, shuningdek asab va yurak qon tomir tizimi uchun zarur bo‘lgan - magniy, fosfor, yod, temir va kaliy moddalari mavjud bo‘lib, ular immunitetni mustahkamlash, infeksion kasalliklar xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Oziqa tolalarining yuqori miqdorda bo‘lishi xolesterin darajasini normallashtirishga yordam beradi va oshqozon-ichak trakti faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi.

Ammo, barcha foydali xususiyatiga qaramay, sog‘lom odam kuniga 250-300 grammdan ortiq bo‘lmagan miqdorda o‘rik iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, o‘rik danagini yeyish kerak emas – ularda amigdalin moddasi mavjud. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bu modda hatto kichik miqdorda ham insonga xavfli bo‘lishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.