Rui Xiramatsuning ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi uch usuli

Rui Xiramatsuning ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi uch usuli
Foto: «Tsargrad.tv»
Ko‘zning ko‘rish qobiliyatini jarrohlik amaliyotisiz, oddiy mashqlar yordamida ham yaxshilash mumkin ekan. Bu haqda «Abc.es» yaponiyalik vrach-oftalmolog Rui Xiramatsuga asoslanib yozmoqda. Xuddi tanani chiniqtirish yoki aqlni peshlash kabi, ko‘zga ham muntazam mashqlar kerak.

Xiramatsuning uch usuli:

Birinchi usul: Gabor dog‘lari — farqini topish talab etiladigan maxsus rasmlardan iborat. Kuniga uch daqiqa vaqt ajratilsa kifoya, ilk o‘zgarishlar ikki haftadan so‘ng sezila boshlaydi. 28 kundan keyin yaxshiroq ko‘rayotganingizni aniq sezasiz, ta’kidlaydi Xiramatsu.
Rui Xiramatsuning ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi uch usuli
Ikkinchi usul: termoterapiya. Sochiqni ho‘llab, mikroto‘lqinli pechda 30-40 soniya qizdirasiz. Ko‘zlarni yumib, issiq mato bilan qovoqlaringizni yopib yotasiz va to soviganicha kutasiz.
Rui Xiramatsuning ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi uch usuli
Uchinchi usul: ismaloq. Bu shifobaxsh o‘tni iste’mol qilish ko‘zlar uchun ham foydali. Xususan, katarakta, sariq dog‘larni ketkazishda yordam beradi.
Rui Xiramatsuning ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi uch usuli
Eslatma: albatta shifokordan maslahat olishni unutmang!
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.