Andijonlik yigit amerikalik qiz bilan turmush qurmoqchi

Andijonlik yigit amerikalik qiz bilan turmush qurmoqchi
Andijon shahrining Piyozpoya ko‘chasida istiqomat qiluvchi Nabibullayevlar oilasi to‘y tadorigini boshlab qo‘ydilar. Kuyov bola bo‘lmish Saidmurod Nabibullayev Yekaterinburg shahridagi oliy ta’lim dargohida taxsil oladi.

Saboqdoshi – AQSHning Kaliforniya shtatida istiqomat qiluvchi ingliz qizi Tina Linvingstonga ko‘ngil qo‘ygan. Bo‘lg‘usi kelin ham yigit bilan turmush qurish ixtiyorida. Eng muhimi, bu qarorga ularning oila a’zolari qarshi emas.

Qat’iy axd qilgan Tina ayni paytda Andijonda bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘ining uyida istiqomat qilmoqda. Yangi oilasining turmush tarzini o‘rganish, sharoitga moslashish bo‘lajak oila mustahkamligini ta’minlashga xizmat qiladi, albatta.

Yigit bilan qizning shu kungacha unashtirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu yilning 5 sentabr kuni nikohlari rasman qayd etiladi.
Ha aytgancha, Tina o‘ziga «Oyshaxon» ismini ma’qul topdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.