Ayrim tadbirkorlik sub’ektlariga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida o‘rnatiladi

Ayrim tadbirkorlik sub’ektlariga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida o‘rnatiladi
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Loyihaning maqsad va vazifasi – O‘zbekiston prezidenti tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston qonunchiligi me’yorlariga moslashtirishdan iborat.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi qabul qilinishi natijasida:
  • talabalarning oliy ta’lim muassasalari hududida tashkil etgan pulli sport to‘garaklari, o‘quv kurslari va boshqa ta’lim xizmatlarni ko‘rsatishdan olingan daromadlari jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibiga kiritilmasligi belgilanadi;
  • norezident hisoblangan jismoniy shaxslarning O‘zbekistondagi manbalardan oladigan daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi 12 foiz miqdorida belgilanadi;
  • tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlarining ehtiyot qismlarini hamda tibbiyot maqsadlari uchun sarflash materiallari importi qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi;
  • xotin-qizlarning bandligini oshirish maqsadida mehnat resurslari zich bo‘lgan qishloq joylarining reyestriga kiritilgan hududlardagi tadbirkorlik sub’ektlariga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida o‘rnatiladi;
  • bojxona bojlari bo‘yicha imtiyozlar faqat Bojxona kodeksi va boshqa qonunlarga asosan berilishi ta’minlanadi, shuningdek ayrim soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.