Soliq qarzdorligi undirildi

Soliq qarzdorligi undirildi
Majburiy ijro byurosi Hazorasp tuman bo‘limi ish yurituviga Hazorasp tumani DSIning qaroriga asosan qarzdor korxonadan davlat foydasiga 726 million so‘m soliq qarzi undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan, davlat ijrochilari tomonidan korxona rahbariyatiga qarzdorlik ixtiyoriy berilgan muddat davomida bartaraf etilmasa, mulklar xatlanib, elektron onlayn savdoga chiqarilishi va shu savdodan tushgan pul evaziga qarzdorlikni qoplash choralari ko‘rilishi tushuntirilgan.

Berilgan huquqiy tushuntirishlardan so‘ng jamiyat tomonidan mavjud qarzdorlikni to‘liq bartaraf qilinib, ijro hujjatining ijrosi amalda tamomlandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.