Moskva birjasi o‘zbek so‘mida savdoni boshlaydi

27 iyun kuni Moskva birjasi o‘zbek so‘mi, arman drami va Janubiy Afrika randi bo‘yicha savdolarni boshlaydi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi valyutalar bozorning professional ishtirokchilari, ularning mijozlari – jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining savdo imkoniyatlarini kengaytiradi.
Treyderlar va ularning mijozlari quyidagi valyuta juftliklari uchun spot va almashtirish vositalaridan foydalanishlari mumkin:
Janubiy Afrika randi—Rossiya rubli (ZAR/RUB);
AQSH dollari—Janubiy Afrika randi (USD/ZAR);
Arman drami—Rossiya rubli (AMD/RUB);
AQSH dollari—Arman drami (USD/AMD);
O‘zbek so‘mi—Rossiya rubli (so‘m/RUB).
Birja shuningdek, BAA dirhami—Rossiya rubli (AED/RUB) va AQSH dollari—BAA dirhami (USD/AED) valyuta juftliklarida savdoni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu juftliklar savdolari boshlanishi sanasi haqida hozircha xabar berilmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Yangi valyutalar bozorning professional ishtirokchilari, ularning mijozlari – jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining savdo imkoniyatlarini kengaytiradi.
Treyderlar va ularning mijozlari quyidagi valyuta juftliklari uchun spot va almashtirish vositalaridan foydalanishlari mumkin:
Janubiy Afrika randi—Rossiya rubli (ZAR/RUB);
AQSH dollari—Janubiy Afrika randi (USD/ZAR);
Arman drami—Rossiya rubli (AMD/RUB);
AQSH dollari—Arman drami (USD/AMD);
O‘zbek so‘mi—Rossiya rubli (so‘m/RUB).
Birja shuningdek, BAA dirhami—Rossiya rubli (AED/RUB) va AQSH dollari—BAA dirhami (USD/AED) valyuta juftliklarida savdoni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu juftliklar savdolari boshlanishi sanasi haqida hozircha xabar berilmagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.











