Rossiyadan O‘zbekistonga nimalar import qilinmoqda?

Rossiyadan O‘zbekistonga nimalar import qilinmoqda?
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonga joriy yilning yanvar-oktabr oylarida Rossiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmini e’lon qildi.

Ular quyidagilar:
- margarin mahsulotlari – 97,1 ming tonna;
- o‘simlik yog‘i – 34,4 ming tonna;
- kakao va shokolad – 26,3 ming tonna;
- bug‘doy – 21,1 ming tonna;
- kartoshka – 15 ming tonna;
- bug‘doy uni – 12,5 ming tonna;
- sut mahsulotlari – 11,7 ming tonna;
- parranda go‘shti – 4,5 ming tonna;
- baliq va dengiz mahsulotlari – 4 ming tonna.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 106 ta davlatdan qiymati 2,8 mlrd dollarga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan. Rossiya importda yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlardan biri bo‘lgan (24,1 foiz).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.