O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida imtiyozli savdo bitimi tasdiqlandi

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida imtiyozli savdo bitimi tasdiqlandi

«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–65-son, 22.02.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tasdiqlandi. Mazkur bitim 2022 yil 29 mart kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.