Mail.ru Group’ning 2014 yildagi sof daromadi 12,5 mlrd rublgacha oshdi


Mail.ru Group kompaniyasining 2014 yildagi sof daromadi 11,4 foizga oshib, 12,5 mlrd rublga etdi. Bu haqda kompaniyaning moliyaviy hisobotida ma’lum qilingan, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Guruhning EBITDA (soliq, amortizasion xarajatlar va kreditlar bo‘yicha foizlarni to‘lashdan oldingi daromad miqdoriga teng bo‘lgan tahliliy ko‘rsatkich) daromadi o‘tgan yili 13,5 foizga, ya’ni 18,30 mlrd rublgacha oshdi. Guruhning jami tushumi 14,8 foizga oshib, 35,78 mlrd rublni tashkil qildi.
Hisobotda ko‘rsatilgan yuqoridagi ko‘rsatkichlar 2013 yil boshidan “VKontakte”ning to‘liq konsolidasiya qilinishi hisobga olingan holda keltirilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.











