Prezident tadbirkorlar uchun yangi farmonni imzoladi

Prezident tadbirkorlar uchun yangi farmonni imzoladi

«Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF-193-son, 10.11.2023 y) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil qilinadi.

Kompaniya tomonidan 2024 yil 1 martdan tadbirkorlarga quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi:

  • o‘rta tadbirkorlik sub’yektlarining ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish loyihalariga:
  • loyiha qiymatining 15 foizi, biroq ustav kapitalining 20 foizi yoki 3 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda tashabbuskorning ustav kapitaliga ko‘chmas mulk ob’yektlari, asbob-uskunalar va boshqa ko‘rinishdagi aktivlar shaklida ulush kiritish;
  • ko‘chmas mulk va asbob-uskunalarning 70 foizi, biroq 10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda mulk sotib olish va yetti yilgacha muddatga qarzdorlik qoldig‘iga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada yillik foiz hisoblash yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xizmatlar ipotekasi asosida tashabbuskorga berish;
  • kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’yektlarining loyihalariga:
  • kredit (lizing) ajratish uchun tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlariga milliy va xorijiy valyutada moliyaviy resurslarni joylashtirish;
  • tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarga umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etish;
  • Kompaniya mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha tijorat banklari bilan tuziladigan vositachilik shartnomalariga asosan belgilangan limit hamda umumiy miqdor va shartlar doirasida kreditlar bo‘yicha kafillik (portfel kafilligi) taqdim etish;
  • 2024-2026 yillarda kichik tadbirkorlik sub’yektlariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada 5 milliard so‘mgacha ajratiladigan kreditlar bo‘yicha asosiy stavkaning 40 foizigacha miqdorda uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga kompensatsiya taqdim etish.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.