2023 yilda Toshkent viloyati soliq to‘lovchilari qancha soliq to‘ladilar?

2023 yilda Toshkent viloyati soliq to‘lovchilari qancha soliq to‘ladilar?

O‘tgan 2023 yilda Toshkent viloyati soliq to‘lovchilari tomonidan 6 trln. 374,5 mlrd. so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 413,8 mlrd. so‘m ortig‘i bilan bajarildi.

Budjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy qismi 5 trln. 791,3 mlrd. so‘m yoki 91 foizi yuridik shaxslar, 583,1 mlrd. so‘m yoki 9 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Soliq turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:

  • 1 trln 794,3 mlrd. so‘m yoki 28,1 foizini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
  • 1 597,9 mlrd. so‘m yoki 25,0 foizini qo‘shilgan qiymat solig‘i;
  • 431,3 mlrd. so‘m yoki 6,7 foizini jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i;
  • 439,9 mlrd. so‘m yoki 6,9 foizini aksiz solig‘i;
  • 2 111,0 mlrd. so‘m yoki 33,1 foizini esa boshqa soliqlar va yig‘imlar tashkil etdi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.