Soliq to‘lovchilarga qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi

Soliq to‘lovchilarga qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi

O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 28 dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinib, ushbu qonun bilan Soliq kodeksining 46-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Soliq to‘lovchilarga qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi

Ushbu yangiliklarni aholi va tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida Toshkent viloyati soliq boshqarmasi tomonidan seminar tashkil etildi.

Soliq to‘lovchilarga qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi

Seminarda soha mas’ullari va tadbirkorlar ishtirok etdi.

Soliq to‘lovchilarga qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun foyda solig‘i bo‘yicha har oy bo‘nak to‘lovlari to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlar daromadining chegaraviy miqdori avval 5 mlrd. so‘m bo‘lgan bo‘lsa, endilikda 10 mlrd. so‘m etib belgilanganligini ta’kidladilar.

Soliq to‘lovchilarga qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi

Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplashda o‘tkaziladigan kameral soliq tekshiruvidan tashqari, kameral soliq tekshiruvlarida soliq to‘lovchining hududiga kirish, hududini ko‘zdan kechirish, hujjatlarni talab qilish va uni chaqirtirish, hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish taqiqlangani, yuridik shaxslar va YATTlarga kameral soliq tekshiruvi natijasida qo‘shimcha hisoblangan soliqlarni 6 oy mobaynida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berilganligi bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Soliq to‘lovchilarga qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan yo‘llangan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berilib, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar aks etgan maxsus qo‘llanmalar tarqatildi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.