O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum qilindi

O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum qilindi
2024 yil yanvar-fevral oylarida meva-sabzavot eksporti hajmi bo‘yicha eng katta ko‘rsatkich piyoz mahsulotida qayd etildi – 73,1 ming tonna.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan eksporti hajmi mos ravishda 58,4 ming tonna hamda 23,6 ming tonna bo‘lgan karam va sabzi joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

mosh – 15,8 ming tonna;
uzum (quritilgan) – 7,4 ming tonna;
pomidor – 5,1 ming tonna;
uzum – 4 ming tonna;
tariq – 3,3 ming tonna;
olxo‘ri (quritilgan) – 3,1 ming tonna;
yeryong‘oq – 2 ming tonna;
bodring – 1,7 ming tonna;
qalampir – 1,3 ming tonna.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.