Apple brendi 23 foizga qimmatlagan

Apple brendi 23 foizga qimmatlagan
Apple brendi 23 foizga qimmatlagan

Britaniyaning Brand Finance konsalting agentligi tomonidan har yili tuziladigan eng qimmatbaho brendlar reytingida hamon Apple’ga tengi topilmayapti. Bundan tashqari, Apple korporasiyasi o‘zining iPhone 6 smartfoni tufayli o‘z raqiblaridan yana ham ko‘proq o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

2015 yilda ham eng qimmatbaho brend maqomi Apple’ning o‘zida qoldi, u 128,3 mlrd dollarga baholangan. Bu natija bir yil oldingi natijadan 23 foiz ko‘proqni tashkil qilgan. Tahlilchilar kompaniya oxirgi avlod smartfonlarini muvaffaqiyatli sotgani natijasida bozorda yuqori kapitalizasiyaga (750 mlrd dollardan ko‘proq) erishganini qayd etdilar.

Bu reytingda 2-o‘rinni 81,7 mlrd dollarlik natija bilan Samsung kompaniyasi egalladi, ya’ni kompaniyaning brendi 4 foizga qimmatlagan. 3-o‘rinni brendi 12 foizga qimmatlab, 76,7 mlrd dollarni tashkil qilgan Google kompaniyasi, 4-o‘rinni Microsoft kompaniyasi (67,7 mlrd dollar, +7 foiz) egallagan.
Apple brendi 23 foizga qimmatlagan

Brand Finance xodimlari bu reytingni u yoki bu kompaniya o‘zining brendiga agar u unga tegishli bo‘lmaganda to‘lay oladigan pul miqdoridan kelib chiqib tuzadi. Bunday uslub brenddan foydalanish keltirishi mumkin bo‘lgan bo‘lg‘usi daromadlarni va brenddan foydalanish uchun lisenziya olishga to‘lanadigan haq miqdorini nazarda tutadi.

Twitter eng tez o‘sayotgan brend deb topilgan. 2014 yilning boshida ijtimoiy tarmoqning brendi 1,5 mlrd dollarga baholangan edi, bir yil o‘tib esa u 4,4 mlrd ga baholanmoqda. Bu borada undan keyingi o‘rinlarni Baidu va Facebook brendlari egallagan.

Manba: www.kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.